AsosiyJamiyat

Мaktab direktorlariga nisbatan talab keskin kuchaytiriladi

'Мaktab direktorlariga nisbatan talab keskin kuchaytiriladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, maktab ta`limini isloh qilish bo`yicha yil boshida belgilangan topshiriqlar ijrosi, yil yakuniga qadar ustuvor vazifalarga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.

“Qaysi maktab direktori harakat qilayotgan bo`lsa, natija bo`layapti. Aksincha, sharoit yaxshi bo`la turib, o`zgarish qila olmayotgan direktorlar ham ko`p”, dedi Prezident.

Shu bois Xalq ta`limi vazirligiga 1 sentyabrdan boshlab maktab direktorlarini sertifikatlash tizimini joriy etish topshirildi. Bundan buyon direktorlikka nomzodlar ushbu tizim orqali tanlanadi.  

Joylardagi haqiqiy holatni o`rganish asosida 193 ta ta`lim muassasalari negizida tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashgan maktablarni tashkil etish takliflari ishlab chiqildi.

Viloyat, shahar va tuman hokimlari 1 avgustga qadar o`z hududidagi ushbu maktablarni ta`mirlash, zamonaviy jihozlash, yashash va ovqatlanish uchun sharoitlar yaratishga mas`ul etib belgilandi.

“Yangi o`quv yiliga qadar 173 ta maktab tayyor bo`lishi shart va bunga viloyat, shahar va tuman hokimlari javobgar. Qolgan 20 ta ixtisoslashgan maktab keyingi o`quv yiliga qadar topshirilishi shart”, dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar