AsosiyDunyo

Evroittifoq ukrainalik qochqinlarga 17 milliard dollar ajaratadi

'Evroittifoq ukrainalik qochqinlarga 17 milliard dollar ajaratadi'ning rasmi

Evropa Ittifoqi davlatlari ukrainalik qochqinlarni qo`llab-quvvatlash uchun 17 milliard evro sarflaydi. Bu haqda tashkilot sayti ma`lum qildi

Ta`kidlanishicha, Evropa Kengashi a`zo davlatlarga Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzidan qochgan qochqinlarga yordam berish uchun Birlashish siyosati jamg`armalari va Eng kam ta`minlanganlarga Evropa yordam jamg`armasi (FEAD) mablag`larini yo`naltirish imkonini beruvchi qonunchilikka tuzatishlar kiritdi.

Evropa Kengashi bu qadamni a`zo davlatlar qochoqlarning uy-joy, ta`lim va sog`liqni saqlashga bo`lgan ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun etarli resurslarga ega bo`lishini ta`minlashda muhim deb atadi

    Boshqa yangiliklar