Ekvadordagi El-Turi qamoqxonasida mahbuslar yuzaga keltirgan tartibsizliklar natijasida 20 kishi halok bo`ldi. Bu haqda SNN xabar bermoqda.
Ekvador milliy polisiyasi qo`mondoni Karlos Kabreraning ma`lum qilishicha, qamoqxonadagi tartibsizliklar mahbuslar to`dasi a`zolari o`rtasidagi etakchilik borasidagi kelishmovchilik tufayli 3 aprel kuni boshlangan. Unga ko`ra, 19 kishi zo`ravonlik qurboni bo`lgan, yana biri kimyoviy zaharlanish natijasida vafot etgan.
Tartibsizliklar oqibatida kamida 11 kishi jarohat olgan. Hozirda qamoqxonada tartib tiklangani aytilmoqda.






