Ukrainada urush boshlanganidan beri 1 417 nafar tinch aholi vakili halok bo`lgan, 2038 nafari yaralangan. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo`yicha oliy komissari boshqarmasi ma`lum qildi.
Halok bo`lganlarning 293 nafari erkaklar, 201 nafari ayollar, 22 nafari qiz bolalar va 40 nafari o`g`il bolalardir. Bundan tashqari, jinsi noma`lum bo`lgan 59 nafar bolalar va 802 nafar yoshi katta fuqarolar hayotdan ko`z yumgan.
Ma`lumot bo`lishicha, qurbonlar va yaralanganlarning eng ko`pi Kievda, shuningdek, Cherkassk, Chernigov, Xarkov, Xerson, Kiev, Nikolaev, Odessa, Sumi, Zaporoje, Dnepropetrovsk va Jitomir viloyatlarida qayd etilgan - 1 951 kishi, ulardan 949 kishi hayotdan ko`z yumgan.






