1

Bugun Toshkentda yangi istirohat bog`i ochiladi

Jamiyat 17.06.2016, 12:29
Bugun Toshkentda yangi istirohat bog`i ochiladi

Bugun, 17 iyun kuni Toshkentning Sirg`ali tumanidagi Sputnik mavzesida sobiq Usmon Nosir istirohat bog`i yangi “Green Park” nomi bilan ish boshlaydi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda

Joriy yilda mazkur istirohat bog`ining umumiy maydoni 4 gektar bo`lgan hududiga 16 ta yangi attraksionlar o`rnatilgan qismi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo`ladi. Attraksionlar Evropadan keltirilgan. Ulardan foydalanish 1000 so`mdan 4000 so`mgacha etib belgilangan.

Bog`ning qolgan qismi, ya`ni sun`iy suv havzasi bor hududi obodonlashtirish ishlari hali davom etayotgani bois keluvchilarni qabul qilmaydi.

Avvalroq “Green Park” istirohat bog`i 10 iyunda ish boshlashi rejalashtirilgani xabar qilingan edi, lekin ayrim sabablarga ko`ra uning ochilishi biroz kechikdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1