AsosiyDunyo

Putin Zelenskiy bilan uchrashishi mumkinmi?

'Putin Zelenskiy bilan uchrashishi mumkinmi?'ning rasmi

Rossiya Vladimir Putin va Zelenskiy o`rtasida uchrashuv o`tkazish imkoniyatini istisno etmaydi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.

“Biz uchun hech narsa o`zgarmadi. Biz prezidentimizning uchrashuvi ehtimolini rad etmaymiz”, - deydi Peskov jurnalistlarga qarata.

U Zelenskiyning, ehtimol, bu uchrashuv bo`lib o`tmasligi haqidagi bayonotini shunday izohladi.

“Ammo biz yana bir bor takror aytamizki, bunday uchrashuv faqat hujjat matni kelishilganidan keyingina mumkin bo`ladi”, — degan matbuot kotibi.

Shuningdek, u Rossiya tomoni Ukraina bilan muzokaralar jarayoni haqida ma`lumot bermaslikni ma`qul ko`rishini ma`lum qildi. 

    Boshqa yangiliklar