Sal avval Toshkent shahrida ishni javobgarning foydasiga hal qilib bermoqchi bo`lgan hakamlik sudi sudyasi pora bilan ushlangani xabar qilingan edi. Holat bo`yicha rasmiy ma`lumot taqdim etgan Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti ayni paytda mazkur ish yuzasidan qo`shimcha ma`lumot bermoqda.
Keltirilishicha, firibgarlik jinoyati ustida ushlangan M.K.ning shaxsiga aniqlik kiritilganda, u “H.A.” MChJ huzuridagi doimiy faoliyat ko`rsatuvchi xalqaro arbitraj sudi sudyasi ekanligi aniqlandi. Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






