Turkiyaning Kievdagi elchixonasi diplomatik missiya xodimlari Chernovsi shahriga vaqtincha evakuasiya qilinganidan so`ng o`z faoliyatini davom ettirdi, deb xabar bermoqda Turkiya telekanaliga tayanib "Regnum" nashri.
“Diplomatik missiya 6 aprel kunidan to`liq ishlay boshlaydi”, deyiladi bayonotda.
Ma`lumot uchun, mart oyi boshida Turkiyaning Kievdagi elchixonasi vaqtincha evakuasiya qilingan edi. Keyin Turkiya diplomatik missiyasi xodimlari va diplomatlar Ukrainaning Chernovsi shahriga etkazildi.






