AsosiyJamiyat

Kelayotgan besh kunlikda O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatishi e`lon qilindi

'Kelayotgan besh kunlikda O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatishi e`lon qilindi'ning rasmi

O`zgidromet kelayotgan besh kunlikda kutilayotgan ob-havo prognoz ma`lumotlarini taqdim etdi.

Soha mutaxasislari respublikaning deyarli barcha hududlarida 8-9 aprel kunlari 15-20 m/s kuchga ega kuchli shamollar bo`lishini prognoz qilishmoqda.

Aprel oyining boshlaridagi quruq va issiq havo to`lqinlari er sirtidagi tuproqni etarlicha quruqlashtirmoqda va bu omil endilikda kutilayotgan kuchli shamollarning sirt yuzasidan chang ko`tarilish xavfini oshirib qo`ydi. Shuning uchun sinoptiklar ushbu kunlari kuchli shamollar vodiy viloyatlari va tog`lardan tashqari boshqa viloyatning ayrim hududlarida chang-g`ubor hodisalarini ham keltirib chiqarishi mumkinligini prognoz qilishmoqda.

Xabarda aytilishicha, kelayotgan 5 kunlikda O`zbekistonda yana quruq va yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanadi. Faqat 8 aprel Qoraqalpog`iston, 9 aprel ayrim tog`li hududlarda qisqa muddatli yog`ingarchilik kutiladi. Kunduz kunlari havo harorati maksimumlari +25 +35 daraja oraliqda tebranadi.

    Boshqa yangiliklar