AsosiyJamiyat

Ro`zadorlar uchun taom tayyorlashda nimalarga e`tibor qaratish lozim?

'Ro`zadorlar uchun taom tayyorlashda nimalarga e`tibor qaratish lozim?'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida sog`lom ovqatlanish bo`yicha e`lon qilingan tavsiyalar saharlik va iftorlik uchun taom tayyorlashga doir maslahatlarni ham o`z ichiga oladi! Jumladan:

Yog`li mahsulotlar, ayniqsa, charvi yoki quyruqli go`sht, qatlamali, yog`/margarin yoki saryog` qo`shilgan xamirdan tayyorlangan taomlar iste`molini kamaytirish kerak.  

Masalliqlarni qovurish o`rniga, ovqat tayyorlashning boshqa, masalan, bug`da, sousda pishirish, kam miqdordagi yog`da qovurib, pechda qizartirish kabi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Tarkibiga me`yordan ortiq tuz qo`shilgan oziq-ovqatlarni iste`mol qilmang! Sosiska, kolbasa, dudlangan, qayta ishlangan va tuzlangan go`sht hamda baliq mahsulotlari, sho`r bodring, zaytun mevasi, tuzli pishloqlar, gazaklar, mayonez, ketchup va xantal qo`shilgan salatlar, souslar shular jumlasidandir.  

Ovqat tayyorlashda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan panaga olib qo`yish tavsiya etiladi.  

 Pishirilayotgan taomlar ta`mini yaxshilash uchun turli o`t va ziravorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

    Boshqa yangiliklar