AsosiyDunyo

AQSh Putin va Lavrovning oilaciga qarshi sanksiyalar kiritdi

'AQSh Putin va Lavrovning oilaciga qarshi sanksiyalar kiritdi'ning rasmi

AQSh yangi joriy qilingan sanksiyalar ro`yxatiga «Rossiya elitasi vakillari va ularning oila a`zolari», jumladan, Rossiya Xavfsizlik kengashi a`zolarini ham kiritdi.

Amerika Qo`shma Shtatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qarindoshlari va Xavfsizlik kengashi a`zolariga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda Oq uy saytidagi ma`lum qilindi.

"Qo`shma Shtatlar G7 va EI davlatlari bilan birgalikda Rossiya elitasi va ularning oila a`zolariga, shu jumladan Prezident Vladimir Putinning farzandlariga, uning rafiqasiga qarshi to`liq blokirovka qiluvchi sanksiyalar kiritmoqda. Shuningdek, yangi joriy qilinayotgansanksiyalar Tashqi ishlar vaziri [Sergey] Lavrov, Rossiya Xavfsizlik kengashi a`zolari, jumladan, Rossiyaning sobiq prezidenti va bosh vaziri Dmitriy Medvedev va bosh vazir Mixail Mishustinga nisbatan ham amal qiladi", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar