Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining haftalik epidemiologik ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda COVID-19 bilan kasallanish ikkinchi hafta ketma-ket pasaygan. Bu haqda tashkilot xabari asosida "Interfaks" xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, so`nggi haftada infeksiyalar soni 16 foizga, o`limlar esa 43 foizga kamaygan. 28 martdan 3 aprelgacha dunyoning barcha hududlarida koronavirus bilan kasallanish darajasi pasaygan. Bir hafta ichida dunyoda 9 milliondan ortiq odamda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Butun pandemiya davrida dunyoda 489 millionga yaqin koronavirus infeksiyasi aniqlangan va kasallik oqibatlaridan 6 milliondan ortiq odam vafot etgan.






