AsosiyDunyo

Ukrainadagi vaziyat eng ko`p Markaziy Osiyo va Mo`g`ulistonga ta`sir qiladi

'Ukrainadagi vaziyat eng ko`p Markaziy Osiyo va Mo`g`ulistonga ta`sir qiladi'ning rasmi

2022 yilda Osiyo iqtisodiyoti 5.2 foizga, 2023 yilda esa 5.3 foizga o`sadi. Bu haqda Osiyo taraqqiyot banki ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri

Bank hisobotida Sharqiy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo iqtisodiy o`sishi pandemiyagacha bo`lgan sur`atga qaytishi qayd etilgan. O`sish asosan, ichki iste`mol talabi va eksport miqdori oshishi natijasida bo`ladi.

Xususan, Sharqiy Osiyo iqtisodiyoti 2022 yilda 4.7 foiz va 2023 yilda 4.5 foizga  o`sadi. Bu ko`rsatkich Janubi-Sharqiy Osiyoda 4.9 va 5.2 foiz, Janubiy Osiyo esa 7.0 va 7.4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Bank ma`lumotlariga ko`ra, Tinch okeani orollari pandemiya davrida turizmning to`xtab qolishi oqibatida aziyat chekkan. Ammo bu yil ularning iqtisodiyoti  2021 yil 0.6 foizlik kamayishdan 3.9, 2023 yilda esa 5.4 foizlik o`sishga erishadi.

Ammo shu bilan birga iqtisodiy taraqqiyotga Rossiya-Ukraina harbiy mojarosi, COVID-19  holatlarining qayta avj olish xavfi, shuningdek, AQShda foiz stavkalarining oshirilishi ehtimoli salbiy ta`sir o`tkazishi mumkin.

Geosiyosiy mavhumlik

"Pandemiyadan keyin Osiyoning rivojlanayotgan davlatlari asta-sekin iqtisodiy o`sish yo`liga qadam qo`ydi. Ammo geosiyosiy mavhumlik va COVID-19 holatlarining qayta avj olishi, yangi shtammlar bu impulsni to`xtatib qo`yishi mumkin. Mintaqa davlatlari hukumatlari ogohlikni saqlab qolishi va bu xavflarga qarshi choralar ko`rishga tayyor turishi kerak. Masalan, bu koronavirusga qarshi yanada ko`proq odamlarni emlashni nazarda tutadi. Shuningdek, inflyasiya bilan bog`liq vaziyat diqqat bilan kuzatilishi lozim”, – degan Osiyo Taraqqiyot banki bosh iqtisodchisi Albert Park.

Bank Ukrainadagi harbiy mojaroni Osiyo iqtisodiy taraqqiyoti uchun asosiy xavf sifatida baholagan. Ammo uning to`g`ridan-to`g`ri ta`siri asosan, Markaziy Osiyo va Mo`g`ulistonda seziladi.

OTB qit`aning eng yirik davlatlari bo`lgan Xitoy va Hindiston iqtisodiyoti 2022 yilda mos ravishda 5.0 va 7.5 foizga, 2023 yilda esa 4.8 foiz va 8.0 foizga o`sishini taxmin qilgan.

    Boshqa yangiliklar