AsosiyDunyo

"Balki bu Istanbulda bo`lar" Zelenskiy Putin bilan uchrashuv haqida gapirdi

'"Balki bu Istanbulda bo`lar"    Zelenskiy Putin bilan uchrashuv haqida gapirdi'ning rasmi

Avvalroq Rossiya Vladimir Putin va Zelenskiy o`rtasida uchrashuv o`tkazish imkoniyatini istisno etmasligi haqida yozgandik.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokara olib borishni istamasligini, ammo kelishuvlarga erishish uchun bunga majbur bo`layotganini ma`lum qildi. Bu haqda siyosatchi Turkiyaning "Xaber Turk" telekanaliga bergan intervyusida aytgan, deya xabar berdi Zamon.uz' nashri.

"Har qanday sharoitda ham muzokaralar uchun kichik bo`lsa-da, imkoniyat yaratilishi kerak. Hozirda vositachilik rolini u yoki bu etakchi o`ynamoqda, Turkiya ulardan biri. Biz qanchalik xohlaylik yoki xohlamaylik, agar odamlarimiz hayotini saqlab qolishni istasak, hal kuni ularni qutqarish uchun qadam tashlashimiz kerak", — degan Zelenskiy.

Shuningdek, u Putin bilan uchrashuv haqida gapirarkan:

 "Balki bu Istanbulda bo`lar. Menimcha, bu uchrashuvda nima bilan gap boshlab, tugatishimiz muhim emas. Bu erda men ancha pragmatik bo`laman. Biz kelishuvga erishishimiz kerak bo`lgan masalalar bor", — deb qo`shimcha qilgan prezident.

    Boshqa yangiliklar