Bu haqda "Uzbekistan Airways" Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Latviya hukumatining qaroriga ko`ra, 2022 yil 1 apreldan boshlab "Uzbekistan Airways" Toshkent – Riga aviaqatnoviga chiqishdan oldin, shuningdek, Latviyaga kirishda Kovid-19 ga qarshi emlanganlik to`g`risidagi sertifikat yoki PSR-testining salbiy natijasini taqdim etish talab etilmaydi.






