Bu haqda davlat rahbari raisligida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda takidlandi, deya xabar bermoqda Prezident Matbuot kotibi.
Shu bilan birga, Buxoro, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida sement korxonalari mavjud emasligi ko`rsatib o`tildi. Shu munosabat bilan “O`zbekiston temir yo`llari” ushbu viloyatlarda yo`l qurish uchun temir yo`l orqali sement va shag`al tashishga 50 foiz chegirma beradigan bo`ldi.
Yig`ilishda yo`l klasterlari faoliyatini qo`llab-quvvatlash uchun 1 maydan boshlab yil yakuniga qadar import qilinayotgan sement-beton qoplamali yo`l qurish texnikalari bojxona boji va utilizasiya yig`imidan ozod qilinishi belgilandi.
Mazkur ishlarga qo`shimcha 500 milliard so`m mablag` ajratiladi.
Joriy yilda xalqaro moliya tashkilotlaridan 80 million, kelgusi yilda bu ishlarni kengaytirish uchun 200 million dollar mablag` jalb qilish choralari ko`riladi.






