Kun tartibidagi navbatdagi masala davlat xizmatlari ko`rsatishni soddalashtirish va ko`lamini kengaytirishning muhokamasiga bag`ishlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar xabar bermoqda.
Davlat xizmatlari tizimini raqamlashtirish orqali mahalla va tumanda qanday o`zgarishlar bo`lishi ko`rib chiqildi.
Aholiga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida 1 iyuldan boshlab:
- 38 turdagi davlat xizmatlari uchun elektron imzo bilan tasdiqlash talabi bekor qilinib, mobil telefon orqali amalga oshiriladi (bino va inshootning tashqi ko`rinishini o`zgartirishni kelishish, bog`chaga qabul qilish va hokazo);
- 6 turdagi lisenziya olish uchun talablar bekor qilinadi;
- aholi va tadbirkorlar uchun 8 dan ortiq davlat xizmati bo`yicha elektron xabardor qilish tizimi joriy etiladi;
- aholi va tadbirkorlardan kommunal tashkilotlarning 32 turdagi hujjat va ma`lumotnomalarini talab qilish bekor qilinadi;
- ehtiyojmand oilalar farzandlari oliygohlarga kirishda test sinovlarida ishtirok etish to`lovlaridan ozod etiladi (135 ming so`m).






