Shveysariya Rossiyaning 7,5 mlrd shveysar frankiga (8 mlrd dollar) teng miqdordagi aktivlarini muzlatdi. Bu haqda mamlakat iqtisodiy masalalar bo`yicha davlat kotibiyati vakili Ervin Bollinjerga tayanib Bloomberg xabar bermoqda.
Mart oyi oxirida Iqtisodiy masalalar bo`yicha davlat kotibiyati 5,75 milliard Shveysariya franki miqdoridagi aktivlar muzlatilganini e`lon qildi. Ular bank hisoblari, naqd pul, ko`chmas mulk va san`at asarlarini o`z ichiga oladi. Shu bilan birga, SECO ular musodara qilinmagani, lekin egalarining mulki bo`lib qolayotganini tushuntirdi.
Avvalroq u Rossiyaning Shveysariyadagi aktivlari bank assosiasiyasi ma`lumotlariga ko`ra, 150-200 milliard shveysar frankini tashkil etadi. Bollinjerning so`zlariga ko`ra, sanksiyalar ro`yxatida 900 ga yaqin rossiyalik bor.






