Hindiston hukumati mamlakatda koronavirusning yangi "XE" shtamiga chalinishning birinchi holatini tasdiqladi. Bu haqda Hindustan Times xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, fevral oyida Janubiy Afrikada sayohat qilgan 50 yoshli ayolda "omikron" shtamining "BA.1" va "BA.2" turidan iborat kovidning yangi varianti aniqlangan. Aytilishicha, ayolga tashhis qo`yilganidan so`ng u karantinga olingan.
JSST xabariga ko`ra, "XE" "omikron" shtamlaridagi mutasiya bo`lib, u boshqa kovid turlariga qaraganda tez yuqadi.






