Xitoyda o`tgan kun davomida 23 107 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu kunlik rekord ko`rsatkich hisoblanadi.
Oxirgi 24 soat ichida virusni yuqtirgan 1323 kishida COVID-19 belgilari (isitma, yo`tal, darmonsizlik) tasdiqlangan. Ulardan 39 nafari Xitoyga kelgan xorijliklar, 1284 nafari mamlakat ichida aniqlangan. Eng ko`p kasallanganlar shimoli-sharqiy Girin (890) va Shanxay (322) provinsiyalarida qayd etilgan.
Qolgan 21 784 kishi kasallikni simptomsiz tashuvchisi bo`lib, ulardan 73 nafari xorijdan kelgan, 21 711 nafari mamlakat ichida aniqlangan.






