Ramazon sharofati bilan uyni bezatish joizmi? Shar bilan Ramazon muborak deb yozish har xil chiroqlar qo`yishga shariatmiz qanday qaraydi?
JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Bu ishga buyurilgan ham emas va qaytarilgan ham emas. Ixtiyoriy ishlar. Faqat, bu dinda buyurilgan ish, qilmasa gunoh bo`ladi, demaslik va ishni shu darajaga olib chiqmaslik kerak. Qilgan qilaveradi, qilmaganni majburlanmaydi. Juda mubolag`a va isrofga berilib ketish maqbul emas, har ishda mo``tadillik yaxshi. Tashqi ko`rinishga urg`u berib, ro`zaning mohiyatidan g`ofil qolmaslik kerak. Vallohu a`lam.
Manba: O`zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay`ati