"O`zbekgidromet" markazi ertaga – 9 aprel kuni O`zbekiston hududlarida kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kechasi biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16°, kunduzi 27-29° bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda chang to`zon bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo`ladi.
BUXORO VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 28-33° bo`ladi.
NAVOIY VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, cho`l hududlarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda chang to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 28-33° bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Jizzax viloyatida 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda chang to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo`ladi.
QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 32-37° bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo`ladi.






