“Tuman va shahar byudjetlari mablag`larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo`naltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qo`llab-quvvatlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–197, 07.04.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga muvofiq, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz to`plagan, lekin g`olib deb topilmagan 139 ta loyihani amalga oshirish uchun qo`shimcha ravishda 85,4 milliard so`m mablag` ajratiladi.
Qarorga ko`ra, hokimlar har oyda OAV vakillari ishtirokida tashabbusli byudjet tadbirlari moliyalashtirilishi va bajarilishi to`g`risidagi hisobotlarni jamoatchilikka e`lon qilib boradi.
Ma`lumot uchun, 2022 yilning birinchi choragida o`tkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayoni natijalari bo`yicha fuqarolar tomonidan ilgari surilgan 2 215 ta loyiha g`olib deb topilib, loyihalarni amalga oshirish uchun 1,1 trillion so`m mablag` ajratilishi e`lon qilingandi.






