AsosiyJamiyat

Hamshiralar Germaniya shifoxonalariga ishga taklif etilmoqda

'Hamshiralar Germaniya shifoxonalariga ishga taklif etilmoqda'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali o`rta bo`g`in tibbiyot hamshiralarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Nomzodlar uchun talablar:

  • 39 yoshdan oshmagan bo`lishi;
  •  davolash sohasida kamida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo`lgan hamshiralar (stomatolog, o`qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug`ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi).

     

  • ️psixiatriya bo`limida ishlash uchun - kasalxona yoki klinikaning istalgan bo`limida kamida 2 yillik tajribaga ega va Germaniyada psixiatriya bo`yicha ishlash istagini bildirgan hamshiralar.

 

  •  tibbiyot kolleji/texnikumini (faqat 3 yillik diplom) tamomlagan bo`lishi;

 

  •  bemorlarga g`amxo`rlik qilish qobiliyatiga ega bo`lishi;

 

Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi (2 bosqichli tanlovlardan muvafaqqiyatli o`tgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);

  •  nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug`ullanmasligi;

 

  •  Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tishi;

 

Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

 

  •  Toshkent shahrida bepul turar joy;

 

  •  o`quv xonasi;

 

  •  oylik stipendiya.

 

Shuningdek, "Globogate Recruiting GmbH" quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

 

  •  nemis tili o`qituvchisi va o`quv materiallari;

 

  •  til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;

 

  •  hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;

 

  •  o`quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;

 

  •  Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;

 

  •  mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil  (oylik 2 300 evrodan, nafaqa, sug`urta, ta`til) va butun jarayon davomida doimiy qo`llab-quvvatlash.

 

Ro`yxatdan quyidagi havola orqali o`tish mumkin.

 Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 88) yoki 1282 qisqa raqami.

 

 

    Boshqa yangiliklar