AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qirg`iziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qilishdi

'O`zbekiston va Qirg`iziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qilishdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 aprel kuni Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari muqaddas Ramazon oyi boshlangani bilan bir-birini samimiy tabriklab, birodar O`zbekiston va Qirg`iziston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, amaliy hamkorlikni kengaytirish bo`yicha avval erishilgan kelishuvlar amalga oshirilishining borishi batafsil muhokama qilindi.

O`zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo`nalishlarini ilgari surishga, shu jumladan O`zbekiston-Qirg`iziston taraqqiyot jamg`armasi faoliyatini boshlash, Qambarota 1-gidroelektr stansiyasi va “Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston” temir yo`lini qurish bo`yicha infratuzilmaviy loyihalarni jadallashtirish, sanoat kooperasiyasini kengaytirishga alohida e`tibor qaratildi.

Madaniy-gumanitar sohadagi sermahsul almashinuvlar va qo`shma dasturlar amalga oshirilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Qabul qilingan qarorlarni so`zsiz bajarish maqsadida hukumatlar darajasida faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Davlat rahbarlari bo`lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ko`rib chiqdilar. Mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

    Boshqa yangiliklar