Rossiya prezidenti Vladimir Putin LDPR etakchisi Vladimir Jirinovskiy bilan xayrlashdi, siyosatchi bilan xayrlashish marosimi Moskvada bo`lib o`tmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti” muxbiri.
Marosimga Putin qizil atirgullar guldastasini olib keldi. Vidolashuv prezidentlik polki posbonlari ishtirokida bo`lib o`tgan.
Jirinovskiy 6 aprel kuni og`ir va uzoq davom etgan xastalikdan so`ng vafot etdi. U 75 yoshda edi. Ta`kidlanishicha, Rossiya Liberal-demokratik partiya rahbarining dafn marosimi Novodeviche qabristonida Moskva vaqti bilan soat 14.00da boshlanishi rejalashtirilgan.






