Ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti va Cobalt avtomobil modellarining Style komplektasiyasi uchun shartnoma tuzish mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
“Bilag`on” telegram kanallar yana bir bor xato qilishdi, deya munosabat bildirmoqda "UzAuto Motors" Matbuot xizmati.
"Buning uchun UzAuto Savdo mobil ilovasiga kirdik va Lacetti Lacetti (Elegant AT Plus komplektasiyasi) hamda Cobalt (To`rtinchi pozisiya)ni buyurtma qildik", - deya kompaniya tayyorlangan qisqa video orqali buni qanday amalga oshirilganini namoyish qildi.
"Xaridorlardan yana bir bor faqat tekshirilgan manbalarda ishonchli axborotlarga ishonishlarini so`rab qolamiz.
Shuningdek, ko`pgina telegram kanal adminlarining asosiy maqsadi - shunchaki o`ylab topilgan sensasiyalar hisobidan o`z obunachilari sonini ko`paytirish ekanligini eslatib o`tamiz", - deyiladi munosabatda.