Farmonga ko`ra, quyidagilar joriy etildi:
oxirgi yildagi savdo tushumi BHMning 10 ming baravaridan (2,7 mlrd so`mdan) oshmaydigan tadbirkorlarga nisbatan monopoliyaga qarshi choralar qo`llanilmaydi;
2022 yil 1 sentyabrdan raqobatga qarshi harakat qilgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga quyidagilar uchun moliyaviy jarimalar qo`llaniladi:
🔸tovar va moliya bozorida raqobatni cheklashga olib keluvchi kelishuvlar va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish;
🔸ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarini asossiz oshirganlik va insofsiz raqobat;
🔸xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni qo`shib yuborishda, qo`shib olishda va aksiyalarni sotib olish bitimlarini tuzishda raqobatni buzish;
🔸ommaviy savdolarda raqobatga zid harakatlar amalga oshirganlik va monopoliyaga qarshi talablarni buzish.
2022 yil 1 maydan norezident shaxsning O`zbekistondagi manbalardan oladigan daromadlari bo`yicha daromad solig`i 12 foiz miqdorida belgilanadi (ilgari 20 foizgacha).
2022 yil 1 iyuldan bojxona bojlari bo`yicha imtiyozlar faqatgina qonunlar bilan beriladi.
Farmonga ko`ra, Toshkent shahri misolida Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasi joriy etiladi.






