AsosiyJamiyat

Saudiya Arabistoni butun dunyoga Haj ziyoratini ado etishga ruxsat berdi

'Saudiya Arabistoni butun dunyoga Haj ziyoratini ado etishga ruxsat berdi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni so`nggi 3 yil ichida birinchi marta xorijlik ziyoratchilarga Haj ziyoratini bajarishga ruxsat berdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistonining Haj va umra vazirligi 1443 (hijriy)/2022 yilgi haj mavsumini amalga oshiruvchilar sonini Podshohlik va xorijiy mamlakatlarga ajratilgan kvotani nazarda tutgan holda bir million ziyoratchi etib belgilashga qaror qilgan. 

Bunda salomatlikni himoya qilishga qo`yilgan talablarga qat`iy rioya qilinadi.

Joriy yilda koronavirusga qarshi emlangan 65 yoshgacha bo`lgan kishilarga haj ziyoratiga borishga ruxsat beriladi. Xorijlik ziyoratchilar Podshohlikka kelishdan kamida 72 soat oldin olingan COVID-19 testining manfiy natijasini taqdim etishi kerak.

“Haj va umra vazirligi ziyoratchilarning sog`lig`i va xavfsizligini ta`minlash maqsadida amallarni bajarish jarayonida ehtiyot choralarini ko`rish va profilaktika ko`rsatmalarini qat`iy bajarish zarurligini ta`kidlagan”, deyiladi agentlik xabarida. 

Eslatib o`tamiz,  o`tgan yili ruxsat yo`q edi. Bu yil butun dunyo shu jumladan, O`zbekistonlik ziyoratchilar ham Haj amaliga muqaddas zaminga borishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar