Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukrainaga tashrif buyurdi va u erda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu haqda manbalarga tayanib Zamon.uz' xabar bermoqda.
“Boris Jonsonning Kievga tashrifi prezident Zelenskiy bilan uchrashuvdan boshlandi. Buyuk Britaniya Ukrainani mudofaa sohasida qo`llab-quvvatlash bo`yicha etakchi hisoblanadi”, -deyilgan rasmiy xabarlarda.
Bir kun avval Jonson Germaniya kansleri bilan qo`shma matbuot anjumanida Buyuk Britaniya Ukrainaga 100 million funt sterlinglik qurol-yarog` va 800 ta tankga qarshi raketalarni yuborishini ma`lum qilgandi.
Bungacha “The Times” o`z manbalariga tayanib, Jonson Ukrainani dengizdan mudofaa uchun qurollar, jumladan, kemalarga qarshi raketalar bilan ta`minlashni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.






