“Forbes” jurnali eng yosh milliarderlarning 2022 yildagi daromadlarini e`lon qildi. Ularning umumiy boyligi 25,8 milliard dollarga etgan.
30 yoshgacha bo`lgan milliarderlar reytingiga 12 kishi kirdi, ulardan to`rt nafari mustaqil ravishda boylik orttirgan. Shunday qilib, ro`yxatni Sem Bankmen-Frid bilan birgalikda FTX kriptovalyuta birjasiga asos solgan 29 yoshli amerikalik Gari Vang (5,9 milliard dollar) boshqargan. Birja 2019 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda, uning bir kunlik operasiyalari hajmi 15 milliard dollarga etishi mumkin. Ikkinchi o`rinda 27 yoshli Rayan Breslou Stenford universitetini tashlab, Bolt onlayn to`lov xizmatiga asos solgan. Uning boyligi 2 milliard dollarga baholangan.
Pedro Francheski va Enrike Duburgas har biri 1,5 milliard dollar bilan uchinchi o`rinda. Ular Brex kredit karta startapini ishga tushirdilar, hozirda uning qiymati 12,3 milliard dollarga baholanmoqda. 12 yosh milliarderdan besh nafari o`z boyliklarini meros qilib olgan, etti nafari esa o`z biznesini rivojlantirgan.
Ma`lumki, o`tgan yilgi 30 yoshgacha bo`lgan milliarderlar reytingida 10 kishi bor edi, biroq ularning umumiy boyligi 2022 yildagi guruh holatidan 3,7 milliardga ko`p bo`lgan.
Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask “Forbes” talqini bo`yicha ilk marta dunyoning eng boy odamlari reytingida birinchi o`rinni egalladi. 11 martga kelib uning boyligi 219 milliard dollarga etdi.






