Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko prezidentlik sport klubi sovrinlari uchun havaskorlar o`rtasidagi respublika musobaqalarining xokkey o`yini chog`ida yuziga tayoq bilan zarba berdi. Uchrashuv Lukashenko shogirdlarining 5:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlandi, deb xabar beradi “RBK”.
Video davlat rahbari matbuot xizmatiga yaqin bo`lgan Birinchi Telegram kanalda e`lon qilingan.
Voqea Lukashenko jamoasi va Minsk viloyati jamoasi o`rtasidagi o`yin vaqtida yuz bergan.
“O`zaro to`qnashuvda 01 shaybaga ega bo`ldi. U Minsk viloyati jamoasining ettinchi raqamli o`yinchisidan tayoqni urib, uni tortib olmoqchi bo`ldi”, - deyiladi xabarda.
7-raqamli futbolchi Lukashenkoning iyagiga tayoq bilan zarba berdi, unga zaxira o`rindig`ida tibbiy yordam ko`rsatildi.