AsosiyJamiyat

Qodiriyning qamalishiga sababchi qaydlar haqida bilasizmi?

'Qodiriyning qamalishiga sababchi qaydlar haqida bilasizmi?'ning rasmi

Bugun Abdulla Qodiriy tavalludiga 128 yil to`ldi. Sana munosabati bilan O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Olimjon O`sarov adibning qamalishiga sababchi qaydlarni yodga oldi. 

— Men ko`b umrimni  shu yurtning tinchlig`i va fuqaroning osoyishi uchun sarf qilib, o`zimga azobdan boshqa hech bir qanoat hosil qilolmadim. Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg`iz o`z manfaati shaxsiyasi yo`lida bir-birini eb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog`idan yo`qolmay turib, bizning odam bo`lishimizg`a aqlim etmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg`an bo`lsaq yaqindirki, o`rus istibdodi o`zining iflos oyog`i bilan Turkistonimizni bulg`atar va biz bo`lsaq o`z qo`limiz bilan kelgusi naslimizning bo`ynig`a o`rus bo`yindirig`ini kiydirgan bo`larmiz. O`z naslini o`z qo`li bilan kofir qo`lig`a tutqin qilib topshirquchi — biz ko`r va aqlsiz otalarg`a xudoning la`nati albatta tushar, o`g`lim! Bobolarning muqaddas gavdasi madfun  Turkistonimizni to`ng`uzxona qilishig`a hozirlang`an biz itlar yaratguchining qahriga albatta yo`liqarmiz! Temur Ko`ragon kabi dohiylarning, Mirzo Bobur kabi fotihlarning, Forobiy, Ulug`bek va Ali Sino kabi olimlarning o`sib-ungan va nash`u namo qilg`anlari bir o`lkani halokat chuqurig`a qarab sudrag`uchi albatta tangrining qahrig`a sazovordir, o`g`lim! Gunohsiz bechoralarni bo`g`izlab, bolalar yatimxonalarini vayron qilg`uchi zolimlar — qurtlar va qushlar, erdan o`sib chiqg`an giyohlar qarg`ishig`a nishonadir, o`g`lim!..

 

"O`tkan kunlar" romanida Yusufbek hoji tilidan millat taqdiri haqida aytilgan ushbu fikrlar Qodiriyning qamalishiga asos bo`lgan.  

 

 

    Boshqa yangiliklar