AsosiyJamiyat

Bugundan Qozog`iston — O`zbekiston o`rtasidagi chegara punktlari ochildi

'Bugundan Qozog`iston — O`zbekiston o`rtasidagi chegara punktlari ochildi'ning rasmi

Epidemiologik vaziyatning barqarorlashayotganidan kelib chiqib, Qozog`iston 11 apreldan O`zbekiston, Qirg`iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi o`tkazish punktlarida davlat chegarasini kesib o`tishiga qo`yilgan cheklovlarni bekor qildi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi  bu haqda xabar bermoqda. Qayd etilishicha, shuningdek, Qozog`iston davlat chegarasini havo orqali kesib o`tish bo`yicha ham barcha cheklovlar olib tashlandi.

"Bunda Qozog`iston fuqarolari va mamlakat hududida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo`lgan xorijliklar hamda o`zaro emlash pasporti mavjud bo`lgan chet el fuqarolari uchun PZR usulidan foydalangan holda Covid-19 testining manfiy natijasi, sertifikat yoki emlashning to`liq kursini tugatganligi to`g`risidagi hujjatni (pasportni) majburiy taqdim etish, Covid-19 ga qarshi qayta emlash talabi saqlanib qoladi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar