AsosiyJamiyat

Qo`shrabot tumanida ilk bor to`xtab turgan yurakda ochiq jarrohlik amaliyoti o`tkazildi

'Qo`shrabot tumanida ilk bor to`xtab turgan yurakda ochiq jarrohlik amaliyoti o`tkazildi'ning rasmi

Samarqand viloyatining olis hududi — Qo`shrabot tumanida to`xtab turgan yurakda ochiq jarrohlik amaliyoti o`tkazildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, bunday operasiya viloyatda ilk bor tuman miqyosida bajarildi.  

Avvalroq Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali mutaxassislari boshchiligida bir hafta davomida Qo`shrabotda tibbiy ko`riklar tashkil etilgandi.  Natijada 200 nafar aholi vakili skrining tekshiruvlaridan o`tkazilib, ularning 300 nafarida turli yurak-qon tomir kasalliklari aniqlandi. 57 nafarida esa kardioxirurgik amaliyoti o`tkazilishi rejalashtirildi.

Xususan, tibbiy ko`rik vaqtida shoshilinch kardioxirurgik amaliyotga muhtoj 5 nafar fuqaro tanlab olinib, ularning 3 nafarida mazkur operasiya muvafaqqiyatli bajarildi.

Quvkalla mahallasida yashovchi Munisa Ahmedovaning qiziga ham yurak nuqsoni tashxisi qo`yildi. Kasallik operasiya orqali bartaraf etilishi ma`lum bo`lgach, bemor  jarrohlik stoliga yotqizildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bosh shifokori Maqsud Saidovning ma`lum qilishicha, tibbiy ko`rikda yurak operasiyasiga muhtoj deb topilgan 60 nafarga yaqin qo`shrabotlik bemorning barchasi shu erning o`zida operasiya qilinib, sog`lomlashtiriladi.  

Shuningdek, tuman shifokorlarining viloyat markazida malaka oshirishi yo`lga qo`yilib, kelgusida bunday murakkab amaliyotlar mahalliy kardiojarrohlar tomonidan bajarilishi rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar