AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida noqonuniy valyuta savdosining oldi olindi

'Toshkent viloyatida noqonuniy valyuta savdosining oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar R.Q. va L.S.lar oldindan til biriktirib boshqa bir fuqaro S.ga 11 000 AQSh dollarini  jami 125,4 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar