10 aprel kuni Toshkent – Andijon yo`nalishida harakatlanayotgan 62-sonli yo`lovchi poezdiga noma`lum shaxs tomonidan tosh otildi. Ushbu voqea soat 22:25 da “Oltiariq – Marg`ilon” uchastkasining 244-kilometrida sodir bo`lgan. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" xabar bermoqda.
Poezdning 6-vagonidagi oynasini yorib o`tgan tosh 9 yoshli yo`lovchining bosh qismiga urilgan. Zarba bola qoshining ustki qismiga tegishi oqibatida qon ketishiga sabab bo`lgan. Soat 22:32 da “Marg`ilon” temiryo`l vokzali feldsheri tomonidan zudlik bilan jabrlangan yo`lovchiga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Ushbu holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






