AsosiyJamiyat

Qibrayda ikki avtobus poygasi YTH bilan yakunlandi  

'Qibrayda ikki avtobus poygasi YTH bilan yakunlandi   'ning rasmi

"Toshshahartransxizmat" AJ matbuot xizmati sodir bo`lgan mazkur hodisa yuzasidan ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea 11 aprel kuni soat 14:30 atrofida yuz bergan.

"2-Avtobus saroyi" filiali haydovchisi X.U "ISUZU" rusumli, saroy raqami 235 bo`lgan avtobusni 199-yo`nalishda Qibray shahri Alisher Navoiy ko`chasi bo`ylab boshqarib borayotib, "Makro" do`koni qarshisida "Lacetti" rusumli engil avtomobil bilan to`qnashuv sodir qilgan. 

Qayd etilishicha, to`qnashuv natijasida jarohat olganlar yo`q.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur yo`l-transport hodisasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan. 

Shuningdek, ushbu yo`l-transport hodisasi yuzasidan xizmat surishtiruvi o`tkazilganda, haydovchi X.U "2-Avtobus saroyi" filiali haydovchisi A.F boshqaruvidagi ISUZU rusumli saroy raqami 245-bo`lgan 198-sonli avtobus yo`nalishi bilan o`zaro poyga o`ynaganligi aniqlangan.

Yo`lovchilar va boshqa yo`l harakati ishtirokchilari hayotini xavf ostiga qo`yganliklari uchun hamda yo`l harakati qoidalariga rioya etmaganligi natijasida yo`l-transport hodisasi sodir etganliklari uchun har ikki haydovchi bilan filial o`rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi, deya ma`lum qilinadi.

 Avtobusga etkazilgan zarar aybdor haydovchi tomonidan o`rnatilgan tartibda undirilishi aytiladi.

    Boshqa yangiliklar