AsosiyJamiyat

Prezident Sherali Jo`raevni «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotladi

'Prezident Sherali Jo`raevni «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
 

O`zining noyob iste`dodi, ko`p yillik samarali va betakror ijodi bilan o`zbek qo`shiqchilik san`atini va milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o`rtasida keng targ`ib etishga qo`shgan beqiyos hissasi,  mustaqilligimizning ma`naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yosh iste`dod egalarining qobiliyatini ro`yobga chiqarish  borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan O`zbekiston xalq artisti, «Vatandoshlar» jamoat fondining Vasiylik Kengashi raisi Sherali Jo`raev «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlansin.    

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti                                                 Sh.Mirziyoev

    Boshqa yangiliklar