“Evro-2016” o`yinlarini katta ishtiyoq bilan tomosha qilayotgan va kutilmagan, murosasiz futbol uchrashuvlaridan so`nggi natijalarni taxmin qilayotganlar talaygina. San`atkorlar ham bu ro`yxatdan mustasno emas. Xususan, xonanda Munisa Rizaeva “Evro-2016”da Angliya terma jamoasiga muxlislik qilayotganini aytib o`tdi.
Shuningdek, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Shodiya To`xtaeva, aktyor Ulug`bek Qodirov, xonandalar Firdavs Pazliddinov, Manzura, Oybek va Nigora, Dilso`z va Farruh Raimovlarning “Evro-2016” o`yinlari natijalari yuzasidan bashorati bilan “Darakchi” gazetasining 23 iyunda sotuvga chiqariladigan 25-sonida tanishishingiz mumkin.





