AsosiyJamiyat

Toshkentda qurilish krani yonib ketdi

'Toshkentda qurilish krani yonib ketdi'ning rasmi

Toshkentda minora kranida yong`in yuz berdi. Bu haqda FVV ma`lum qildi.

Ma`lum bo`lishicha, 13 aprel` kuni soat 19:04da Sergeli tumani “Xabibiy” MFY, Sergeli 5 daxasida joylashgan yangi qurilayotgan ko`p qavatli binoda qurilish ishlarida foydalanilayotgan taxminan 25 metr balandlikdagi minora kranining kabina qismida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko`ra 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 19:11da yong`inga etib borib, 19:34da yong`in to`liq bartaraf etilgan.

Yong`in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar