AsosiyJinoyat

Surxondaryoda er ayoli va qaynonasini o`ldirdi  

'Surxondaryoda er ayoli va qaynonasini o`ldirdi   'ning rasmi

Ma`lum bo`lishicha, bunga ayolning hiyonati sabab bo`lgan. Erkak farzandlarini o`zida olib qolish uchun ushbu qotillikka qo`l urgan.

2022 yilning 6 aprel kuni soat 18:30 larda Sho`rchi tumani “Yakkabog`” mahallasida yashovchi X.X. ismli ayol va uning qizi M.Z.larning jasadlari yashash uyi xonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, Sariosiyo tumani “Toqchiyon” mahallasida ro`yxatda turgan, ammo Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi S.N. Rossiya davlatiga ishlashga ketib, turmush o`rtog`i Z.M. unga xiyonat qilib kelganligini bilib, shu yili yanvar oyida qaytib keladi. Kelishi bilan voyaga etmagan 3 nafar farzandini o`zi bilan olib qolib, turmush o`rtog`ini u bilan ajrashish maqsadida, uydan chiqarib yuboradi. Shundan so`ng, er-xotin o`rtasida farzandlar kimda qolish-qolmasligi ustidan tortishuv boshlanadi. S.N. sobiq xotining akasiga Z.M. uni tinch qo`yishi lozimligini, farzandlarini olish uchun sudga ariza bermasligini, agar ariza bergan taqdirda uni o`ldirish bilan tahdid qiladi. Biroq, Z.M. sud orqali farzandlarini o`ziga olish uchun da`vo ariza yozib, taqdim qilish choralarini ko`rayotganligini bilib, undan o`ch olish maqsadida reja tuzadi. Turmush o`rtog`i Z.M.ga o`g`li Axtamni (ism sharif shartli ravishda o`zgartirildi) ko`rsatish uchun olib borishini, u bilan yarashmoqchi ekanligini aytib, o`zining “Nexia-3” rusumli transport vositasida turmush o`rtog`i Z.M.ning onasi X.X. bilan yashab kelayotgan Sho`rchi tumani “Yakkabog`” mahallasidagi yashash uyiga boradi. O`g`lini qaynonasi X.X. va turmush o`rtog`i Z.M. bilan uchrashtiradi va uydan chiqib, o`g`li Azizni avtomashina ichiga qo`yib, qaynonasi va xotinini uxlashini kutib, o`ziga qulay vaqt paydo bo`lganidan so`ng, yashash uyiga kirib, ayvonda uxlab yotgan qaynonasi X.X.ni va xotini Z.M.ni bo`yin qismiga o`tkir kesib-sanchuvchi jism bilan tan jarohati etkazadi. Ular ko`p qon yo`qotish natijasida voqea joyida vafot etadi.

Ma`lumot uchun, ushbu holat bo`yicha kecha, 13 aprel kuni Sho`rchi tumani “Yakkabog`” mahallasida jinoyat muhokamasi o`tkazildi. 

    Boshqa yangiliklar