AsosiyJinoyat

Samarqandda elektrdan 57 mln. so`m qarzi bo`lgan korxona egasi tuman elektr ta`minoti korxonasi rahbarini pichoqladi

'Samarqandda elektrdan 57 mln. so`m qarzi bo`lgan korxona egasi tuman elektr ta`minoti korxonasi rahbarini pichoqladi'ning rasmi

Kuni kecha Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on tumanidagi Qoradaryo elektr ta`minoti korxonasi rahbari elektr energiyasi iste`molchisi tomonidan pichoqlandi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati bu haqda xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, tumanda faoliyat yurituvchi MChJ korxonasi elektr energiyasidan 57 mln. so`mlik muddati o`tgan qarzdorligi uchun tuman elektr ta`minoti korxonasi mas`ullari tomonidan o`chirilgan.

Shundan so`ng, MChJ rahbari  Qoradaryo elektr ta`minoti korxonasi rahbari Pirxon Nazarovdan elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud bo`lsada, tarmoqqa qayta ulab berishni talab qilgan. Korxona rahbari, o`z navbatida, qarzdorlik to`liq bartaraf etilgach, iste`molchi tarmoqqa qayta ulanishini ma`lum qilgan.

Korxona rahbarining asosli talabini bajarishni istamagan MChJ rahbari kelishmovchilik davomida o`zi bilan yonida olib kirgan pichoq bilan o`qtalib, tuman elektr ta`minoti korxonasi rahbarining bo`yin qismiga jarohat etkazadi.

Ma`lum qilinishicha, hozirda tuman elektr ta`minoti korxonasi rahbari shifoxonaga joylashtirilgan va shifokorlar nazoratida.  

Ayblanuvchiga nisbatan esa O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari asosida ish qo`zg`atilgan hamda prosessual tartibda ushlanib, qamoqqa olingani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar