AsosiyJamiyat

Andijonda ichki ishlar xodimi niqobidagi firibgar odamlarni tunab kelgan

'Andijonda ichki ishlar xodimi niqobidagi firibgar odamlarni tunab kelgan'ning rasmi

2022 yil 1 aprel kuni soat 11:00 da,  Andijon shahrida joylashgan “A.Navoiy” istirohat bog`idan o`tib ketayotgan Buloqboshi tumanida yashovchi 18 yoshli M.I.ni o`zini IIO xodimi deb tanishtirgan odam tunab ketdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

U qizga go`yoki ushbu hududda profilaktik ishlarini olib borayotganligini aytib, yonidagi uyali telefon apparatida taqiqlangan video lavhalar, egnidagi kiyimlarida taqiqlangan narsalar bor yoki yo`qligini tekshirib ko`rishi kerakligini tushuntiradi. Ushbu narsalarni unga taqdim qilishini talab qilib, M.I.ga tegishli bo`lgan narxi 1.500.000 so`m bo`lgan “Redmi 9C” rusumli telefon apparatini hamda cho`ntagidagi 470.000 so`m pullarni olib,  qochib qoladi.

Bundan tashqari, noma`lum shaxs joriy yilning 8 aprel kuni soat 15:15da Andijon shahar Erkin MFYda joylashgan “Registon” maydonida Oltinko`l tumanida yashovchi 20 yoshli T.O.ni ham aldab, undan 2.000.000 so`mlik “Samsung A10S” telefonini olib qochadi. 

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahida yashovchi, hech qaerda ishlamaydigan, muqaddam sudlangan 27 yoshli A.I. sodir etkanligi aniqlanib, undan talonchilik yo`li bilan qo`lga kiritilgan T.O.ga tegishli “Samsung A10S” rusumli uyali telefoni ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan A.I.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda, ushbu shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar