O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi "Ichan-Qal`a" davlat muzey-qo`riqxonasi fondida o`rganish ishlarini olib bordi. O`rganish davomida bir qator kamchilik va muammolar aniqlandi.
Xususan, ayrim ashyolarning tavsiflariga o`zgartirishlar kiritilganligi yuzasidan asoslovchi hujjatlar mavjud emas, deb topildi. Shuningdek, ashyolarni muzey fondiga qabul qilish dalolatnomalarining 1994 yilgacha bo`lgan qismi muzeyning mas`ul xodimlari tomonidan Ishchi guruhga taqdim etilmadi.
O`rganish davomida noyob ashyolar ro`yxatiga kiritilgan ashyolar xatlovdan o`tkazildi. Unga ko`ra, jami 101 ta muzey ashyolari kirim kitobi tavsifnomalariga o`lchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo`yicha mos kelmasligi aniqlandi.
Madaniy meros agentligi tomonidan o`rganish yakunlari bo`yicha tegishli xat-hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etilgan.






