Evropa Rossiya gaziga muqobil qidirish jarayonida Afrikani “eslab qoldi”. Zamon.uz'ning Anadolu'ga tayanib bergan xabariga ko`ra, Evroittifoq Nigeriyadan gaz importini ko`paytirmoqchi.
Shu munosabat bilan mamlakat poytaxti Abudja shahrida Nigeriya milliy neft korporasiyasi rahbari Malam Mele Kyari EI vakillari bilan uchrashgan.
“Biz Nigeriya uchun nafaqat yirik mijoz, balki uning neft-gaz sanoatidagi asosiy hamkorimiz. Chunki bu mamlakatda Evropa kompaniyalari ishlaydi. Shuning uchun bizni umumiy manfaatlar bog`lab turadi”, – degan Evropa Ittifoqining Nigeriyadagi elchisi Samuela Isopi.
Mele Kyari ham uning davlati jahon bozoriga tabiiy gaz importini ko`paytirish niyatida ekanini ma`lum qilgan.
Ma`lumot o`rnida, Nigeriya Evropaga suyultirilgan tabiiy gaz etkazib berish bo`yicha to`rtinchi o`rinda turadi. Uning 40 foiz gazi EIga eksport qilinadi.
Shuningdek, neft zaxiralari bo`yicha u dunyoda sakkizinchi o`rinni egallaydi. Aniqlangan neft zahiralari 37 milliard barreldan ortiq. (dunyoning 3.1 foiz nefti). Mamlakat neft xomashyosini qazib olishda 15 etakchi davlatlardan biri. Uning eksporti bo`yicha oltinchi o`rinda turadi.
Nigeriyaning Rivers va Delta shtatlari kuniga 1.5 million barrel “qora oltin” qazib olinishi mumkin.






