AsosiyJamiyat

22 yoshli yigit o`zini poezd yo`lagiga nima sababdan tashlagani ma`lum bo`ldi 

'22 yoshli yigit o`zini poezd yo`lagiga nima sababdan tashlagani ma`lum bo`ldi 'ning rasmi

Bir muddat avval Toshkent metrosida 22 yoshli yigit o`zini poezd yo`lagiga tashlagani haqida xabar bergan edik.

Bu orada poezdlar harakati 5 daqiqa  to`xtatilgan, mashinistning tezkor to`xtashi natijasida yo`lovchi omon qolgan. Ichki ishlar hamda metropoliten xodimlari tomonidan hech qanday jarohasiz qutqarib olingandi.

O`zbekiston Bosh prokurorining matbuot kotibi ushbu vaziyatga sabab bo`lgan sabablarni ochiqladi.

Ma`lum bo`lishicha, yigit o`ziga tanish bo`lgan qiz bilan o`zaro muammosi borligi tufayli gap talashib, kelisha olmagan. Shundan so`ng o`zini elektropoezd tagiga tashlagan.

"Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar