Ular kirakashlik qilib yurgan fuqaroni to`xtatib, lisenziyassiz taksi qilib yurganligini bois bayonnoma rasmiylashtirmaslik uchun pul talab qiladi.
Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, fuqaro A. Ichki ishlarga ariza bilan murojaat qilgan . Arizada fuqaro o`zining “Damas” rusumli mashinasida bilan Samarqand shahrida kirakashlik qilib yurgan vaqtida, “Avtomobil va daryo transport agentligi” xodimlari uni toʻxtatib, lisenziyassiz taksi qilib yurganligini aytganini bildirgan.
Qayd etilishicha, xodimlar unga bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 500 000 so`m miqdorida pul talab qilib, oldindan 200 000 so`mini olgan. Qolgan 300 000 so`m pullarni fuqarodan talab qilib kelgan. Fuqaro buni arizada bildirib, ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.
Mazkur arizaga asosan, 2022-yil 13-aprel kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiyas va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi hamda Departamentning Samarqand shahar bo`limi xodimlari hamkorligida, tezkor tadbir o`tkazilib, “Avtomobil va daryo transport agentligi” xodimlari E.O. va A.S.lar ariza muallifidan 300.000 soʻm miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoo`lga olingan.
"Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.






