AsosiyJamiyat

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi “Toshkent metropoliteni”ga jetonlarni sotib olish bo`yicha ko`rsatma berdi

'Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi “Toshkent metropoliteni”ga jetonlarni sotib olish bo`yicha ko`rsatma berdi'ning rasmi

Qayd etilishicha, metropoliten o`zida 20 donadan ortiq jeton borligini aytib, murojaat qilgan fuqaroga pulni qaytarmagan. Keyin agentlik pul mablag`larini iste`molchiga qaytarishi majburiy ekani haqida buyruq chiqargan.

Bu haqda agentlik xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, yanvar oyida Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga Toshkentlik fuqaro 20 donadan ortiq xarid qilgan jetoni qolib ketgani va undan foydalanishga ulgurmagani bo`yicha murojaat qiladi.

Shundan so`ng, iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan “Toshkent metropoliteni” DUKka sotib olingan metro jetonlari evaziga pulni qaytarish bo`yicha so`rovlar yuborilganiga qaramay, oradan bir necha oy o`tsa hamki, masala hal etilmaydi.

Shundan so`ng, Agentlik “Toshkent metropoliteni” DUK bilan iste`molchilarning nomuayyan doirasini (jetonga ega bo`lgan fuqarolarni) himoya qilish maqsadida ish olib borgan.  

Xususan, sal avval Toshkent metropoliteni aholida qolib ketgan ​​jetonlarni sotib olishini ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz, metro kassalarida  jetonlar savdosi 2020 yil 1 noyabrida yo`l haqini to`lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishi munosabati bilan to`xtatilgan edi. Biroq keyinchalik jetonlardan foydalanish 2020 yil 31 dekabrgacha, so`ng 2021 yilning 1 dekabrigacha bo`lgan muddatlarga ruxsat berilgan.

    Boshqa yangiliklar