AsosiyJamiyat

"Sobiq va amaldagi hokim ayblanuvchi sifatida jalb qilinmagan"

'"Sobiq va amaldagi hokim ayblanuvchi sifatida jalb qilinmagan"'ning rasmi

Avvalroq Qarshi shahar hokimligi va boshqa mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi ko`zg`atilgani haqida yozgandik.

 Qashqadaryo viloyati prokuraturasi  er talon-torojliklari holatlari bo`yicha xizmat soxtakorligiga yo`l qo`ygan kadastr, qurilish bo`limi, shahar hokimligi sobiq yuristlari - jami 7 nafar shaxs jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilganini ma`lum qildi.

 Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi shahrining sobiq va amaldagi hokimlari ayblanib, qamoqqa olinganligi” haqida tarqatilgan ma`lumotlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.  

Ma`lum bo`lishicha, mazkur jinoyat ishi bo`yicha Qarshi shahrining sobiq hokimi Fozilov va amaldagi hokim Xolboevlar ayblanuvchi sifatida jalb qilinmagan.

 "Shunga ko`ra, aholi orasida yolg`on va haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni tarqatish tegishli javobgarlikni keltirib chiqarishi haqida ogohlantiramiz",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar